Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 29-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 1981 yil 2 sentyabrda Olmazor tuman hokimining tegishli qarori asosida tashkil topgan boʼlib, yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, kelajakda ota-onasiga munosib, madaniyatli va mehrli insonlar boʼlib yetishishiga xizmat qilib kelmoqda.
Ushbu musiqa va sanʼat maktabi dastlab 3 yoʼnalishda fortepiano , xalq cholgʼulari, torli cholgʼular yoʼnalishida ish faoliyatini boshlagan.
Maktabning birinchi rahbari Trifanova Larisa Gregorevna ushbu maktabni rivojlantirishda oʼzining munosib hissasini qoʼshgan, oʼquvchilarni musiqaga, sanʼatga boʼlgan qiziqishlarini orttirishda oʼz oʼrniga ega tajribali pedagoglardan biri boʼlgan.
1987 yili maktabni ilk marotaba 14 nafar oʼquvchilar bitirishgan.
Maktabda xizmat koʼrsatgan kompozitorlar Shukrullaev Ergash Shukrullaevich, Аnvarov Sulton Аnvarovichlar maktabni rivojlantirishga katta hissa qoʼshgan ustozlardir.
1981-1987 yillarda maktabning fortepiano boʼlimida Gracheva Nataliya Аleksandrovna, Maydannik Olьga Vladimirovna, Inagamova Dilьnora Аkimovna, Chyornaya Tatyana Vladimirovna, Kavalenko Nataliya Аleksandrovna, Аltinbaeva Sayyora Ismoilovna, Xayrutdinova Zilya Xalikovnalar.
Xalq cholgʼulari boʼlimida Nigmanov Аbror Raximovich, Аbduraxmonov Baxtiyor Аbduraxmonovich, Xojieva Sayyora Аlievna, Shukrullaev Ergash Shukrullaevich, Аnvarov Sulton Аnvarovichlar
Torli cholgʼular boʼlimida Аxmedov Botir Sultonovich, Vakulenьko Olьga Аleksandrovna, Diripaskina Olьga Sergeevna, Razdumina Yulьya Konstantinovna va boshqa malakali pedagoglar dars berishgan. Koʼpgina pedagoglar shu maktabda 1987 yildan hozirgi kunga qadar taʼlim tarbiya berib kelishadi.
Masalan fortepiano yoʼnalishidan Inagamova Dilnora Аkimovna yoshlarga fortepiano sirlarini, xalq cholgʼulari yoʼnalishidan Аzimov Аbdushukur Аbduhamidovichlar yoshlarga doira sirlarini oʼrgatib kelishmoqda. Ular 37 yildan davomida mana shu maktabda yoshlarga musiqa sirlaridan saboq berishadi.
