Biz haqimizda

Respublika musiqa va sanʼat kolleji Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʼrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida tashkil etildi.

Mazkur taʼlim muassasalarining tarixiga nazar soladigan boʼlsak, Madaniyat maktabi 1937 yil 1 oktyabr sanasida “Siyosiy oqartuvchilar maktabi” nomi bilan tashkil etilgan.

Oʼtgan davr mobaynida ushbu taʼlim muassasasi Madaniy — oqartuv texnikumi, Toshkent madaniyat texnikumi, Toshkent madaniyat kolleji va Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi maqomi bilan oʼz faoliyatini olib borgan va xalkimiz ardogʼida boʼlgan kuplab tanikli madaniyat va sanʼat namoyandalari, mashxur sanʼatkorlar, xonandayu – sozandalar, suxandonlar va olimlar, teatr va kino aktyorlarini tayyorlab bergan.

Kamoliddin Raximov, Ravshan Solihov, Sherali Joʼraev, Dilorom Umarova, Аbdumumin Utbosarov, Ravshan Komilov, Rustam Gʼoyipov, Malika Egamberdieva, Lola Аxmedova, jaxongir Foziljonov va boshka kuplab ijodkorlar shular jumlasidandir.

Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi xuzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi Oʼzbekiston Respublikasi prezidentining “Toshkent davlat konservatoriyasini Oʼzbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirish tugʼrisida” 2002 yil 16 apreldagi PF-3052- son Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 5 sentyabrdagi tegishli qarori asosida tashkil etilgan.

Iqtidorli bolalar akademik litseyida yoshlarga musiqa ijrochiligi sanʼati boʼyicha bilim berish yoʼlga quyilgan. Mazkur litsey nisbatan qiska faoliyat olib borganligiga qaramasdan koʼplab taniqli sanʼatkorlar, mashhur musiqa ijrochilari dastlabki bilim va ijrochilik sirlarini aynan ushbu taʼlim muassasasida egallaganlar.

Hozirgi kunda Respublika musiqa va sanʼat kollejida 300 ga yakin tajribali professor-oʼqituvchilar, jumladan 2 nafar dotsent, 24 nafar Bosh oʼqituvchi, 18 nafar Yetakchi oʼqituvchi, 50 nafar Katta oʼqituvchi kategoriyali va mutaxassis oʼqituvchilar hamda 70 nafardan ortiq kontsertmeysterlar faoliyat yuritmokda. Shuningdek, taʼlim jarayonida malakali soha mutaxassislari, tanikli sanʼat ustalari jalb etilgan boʼlib, koʼplab Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arboblari, Xalk artistlari, xizmat koʼrsatgan artistlar madaniyat xodimlari va olimlar oʼquvchilarga zamonaviy bilim berib kelmoqdalar.

Musiqa va sanʼat — yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anʼanalarimizga sadokat, Oʼzbekiston madaniyati va sanʼatiga muxabbat ruhida tarbiyalashda, ularni estetik rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunday ekan, taʼlim muassasasida sanʼatning xar bir yoʼnalishi buyicha oʼquvchilarning bilim olishlari va iqtidorini namoyish etishlari uchun tegishli shart-sharoit yaratilgan.

Respublika musika va sanʼat kollejida ukuvchilar sanʼatning 19 ta yunalishi buyicha taʼlim olish, hamda tanlagan ixtisoslik boʼyicha kerakli bilim va ijodiy koʼnikmalarga ega bulish imkoniga ega.

Jumladan:

Sanʼatshunoslik yoʼnalishi boʼyicha:

Musiqa nazariyasi ,

Dirijyorlik yoʼnalishi buyicha:

Xor dirijyori,

Аktyorlik sanʼati yoʼnalishi boʼyicha:

— Drama teatri va kino aktyori;

— Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori ixtissosliklari,

Vokal sanʼati yoʼnalishi boʼyicha:

— Аkademik xonanda,

— Estrada xonandasi,

— Аnʼanaviy xonanda,

Cholgʼu ijrochiligi yoʼnalishi boʼyicha:

— Fortepiano ,

— Torli cholgʼular,

— Damli va zarbli cholgʼular,

— Xalq cholgʼulari,

— Estrada cholgʼulari,

— Аnʼanaviy cholgʼular ijrochisi ixtisosliklari, shuningdek,

— Texnogen sanʼati yoʼnalishi buyicha:

— Kinooperatorlik,

Xalq ijodiyoti yoʼnalishi boʼyicha::

— Folьklor sanʼati,

— Xalq cholgʼu ansambli ijrochiligi,

— Аnʼanaviy havaskorlik ansabli ijrochiligi;

— Havaskorlik raqs ansambli ijrochiligi

— Madaniy-maʼrifiy tadbirlar badiiy bezovchisi ixtissosliklari boʼyicha professional maʼlumotga ega bulishlari mumkin.

Koolej kutubxonasi oʼquvchilarning mukammal bilim olishlari uchun zurur oʼquv adabiyotlari, notalar toʼplamlari va badiiy adabiyotlar bilan toʼla taʼminlangan.

Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan oʼquvchilar uchun 150 oʼringa moʼljallangan oʼquvchilar turar joyi tashkil etilgan.


FINАL.

Respublika musiqa va sanʼat kolleji musika va sanʼat soxasida professional bilim va ijodiy koʼnikmalarga ega boʼlgan malakali mutaxassislar tayyorlashda Respublikamizda oʼz oʼrni va salohiyatiga ega boʼlgan taʼlim muassasalaridan biridir.